Bugun Oltiariq tumani 16-umumtaʼlim maktabida ushbu fakultet rahbariyati tomonidan Muhtaram Prezidentimiz raisligida joriy yilning 28-yanvar kuni maktab ta’limini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o’tkazilgan videoselektor yig‘ilishi mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadlariga qaratilgan uchrashuv tashkillandi.
Uchrashuvda targ'ibotchilarimiz 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasining to‘rtinchi ustuvor yo‘nalishi bo'yicha aniq fanlar uslubiy birlashmasi vakillari bilan hamkorlik faoliyatini olib borishga kelishib oldilar.