Ayni kunlarda Farg'ona davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor - Bahodirjon Shermuhammadovning fakultetlararo uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda!
Mazkur uchrashuvlarda universitet rektori fakultetlar rahbariyati, kafedralar olimlari, professor-oʼqituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar bilan yaqindan suhbat olib bormoqda.
Xuddi shunday uchrashuv bugun Chet tillari fakultetida bo'ldi. Dolzarb masalalarni qamrab olgan bu uchrashuv samimiy va ochiq muloqot tarzida o'tkazildi.
Muloqotda fakultet va kafedralar jamoasi tomonidan ta'lim sifatini yanada kuchaytirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga kеng jalb qilish hamda ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar rektor diqqat-e'tiborida bo'ldi.
Talaba- yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, foydali ish bilan bandligi, xorijiy tillar va axborot texnologiyalarini o‘rganishi, adabiyot, san’at, madaniyat va sport sohasidagi qiziqishlari, intilishlari, erishayotgan yutuqlari va muammolarini o‘rganish kabi masalalarda universitet rahbari jamoaga kerakli tavsiyalar berib, bu borada har bir professor-o'qituvchilar oldiga talabchanlik bilan yangi vazifalar qo'ydi.
Shuningdek, muloqot jarayonida kafedralarda milliy rеytingdan o'rin egallash, xalqaro darajada e'tirof etilgan tashkilotlar rеytinglari ro'yxatiga kirish borasida qilinayotgan ishlar, xalqaro hamkorlik faoliyati, xalqaro jurnallarda profеssor-o'qituvchilartomonidan chop etilayotgan maqolalar, ilmiy ishlanmalar va ularning joriy etilishi, ilmiy tadqiqotchilar ishlariga alohida e'tibor qaratildi.