Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

"Qizlar ovozi" - Farg'ona davlat universitetida

13:41, 09.02.2022      

Jamiyatda ayollar kimningdir turtkisi bilan emas, “O’z ovozi” va tashabbusi orqali oʼrin egallash koʼproq ahamiyatlidir.

Farg'ona davlat universitetining talaba-qizlari uchun “Qizlarning jamiyatdagi o'rnini oshirish” mavzusida tashkillangan seminar maqsadi ham shunga qaratilgan.

Seminarni universitetning xotin-qizlar masalalari boʼyicha dekan maslahatchisi H.Soipova va “Qizlar ovozi” maktabi asoschisi Nilufar Kiyayevalar tashkilladilar.

Onlayn formatda bo'lib o'tgan treningda "Qizlar ovozi" maktabi va uning ayni paytdagi faoliyati toʼgrisida maʼlumotlar tinglandi.

Qizgʼin davom etgan treninda talaba-qizlar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.