Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida davra suhbati

16:42, 09.02.2022      


Alisher Navoiy yoshlikni bahor fasliga qiyos qilgan. Bunda katta majoziy ma`no bor. Yoshlik – erta bahor yerga o`tkazilgan nihol kabidir. Unda yosh nihollar ko`kka bo`y cho`zib kurtak yozadi. Har bir yosh avlodda mana shunday imkoniyat mavjud bo`lib, berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanmoqda.

Afsuski, yoshlarimiz orasida bu imkoniyatlarni ko`r-ko`rona chetlab o`tib, o`tkinchi havaslarga berilib, yosh umrini xazonga aylantirayotganlari ham oramizda uchrab turibdi.

Go`zal, navqiron, o`ktam yoshlik yillarini ilm izlab, kelajakda jamiyatdagi o`z o`rnini belgilash o`rniga, nojo`ya harakatlari bilan jinoyat yo`liga kirib qolmoqdalar.

Yoshlarimiz o`rtasida turli jinoyatchiliklarni oldini olish maqsadida Farg`ona davlat universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida “Talabalar o’rtasida korrupsiya, jinoyatchilik, huquqbuzarlik, giyohvandlik hamda OITS ga qarshi kurashish” mavzusidagi davra suhbatining o’tkazildi.

Davra suhbatida fakulteti rahbariyati va tyutorlar, Farg’ona viloyat jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig’i I.Sirojiddnov, Viloyat narkologiya va OITSga qarshi kurashish markazi vakili, Viloyat imom hatibi ishtirok etib, talaba-yoshlarga yuqoridagi dolzarb masalalarda ma'ruza qildilar.