Bizga maʼlumki jamiyatimizda Oila-nikoh munosabatlari juda qadim zamonlardan shakllangan. “Avesto”, “Qurʼon” va hadislarda oila va nikoh masalalari alohida qonun-qoidalar asosida belgilab qoʼyilgan. Undagi diniy va dunyoviy mezonlar, sharqona udumlar, insonlarning qon-qoniga singib ketganiga hozir ham guvohmiz.
Jumladan, jamiyatda sharq ayollari oʼzining metin irodasi, or-nomusi, ibo-hayosi, “birinchi muallima” sifatida eʼtirof etiladi. Hozirgi zamonaviy yoshlar, jumladan, qizlarni sharqning orasta ayoli timsolida koʼrishni barcha orzu qiladi. Masalan, yana Nodirabegimlar, Uvaysiylar, Qutlugʼ Nigorhonimlar dunyo yuzini koʼrsa, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi komil insonlar xalq orasida koʼpaysa , bu millatning iftihori, ertaning kelejagi.
Shu kabi gʼoyalarni qizlar onggiga singdirish maqsadida Fargʼona davlat universitetining Zootеxniya fakultеti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dеkan maslahatchisi tomondan ayol profеssor - o'qituvchilar, tyutorlar va talaba-qizlar ishtirokida "Oila va jamiyatda sharq ayollarining o'rni" mavzusida onlayn muloqot tashil etildi. Muloqot qizgʼin, munozaralarga boy va mazmunli boʼlib oʼtdi. Qatnashchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblarni oldilar.