Oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlarni yetuk ma’naviyatli va ma’rifatli, o’z kasbining mohir mutaxassislari etib tarbiyalashda o’quv guruhlarida ish olib boruvchi tyutorlarning o’rni beqiyosdir.
Guruh tyutorlari o’ziga biriktirilgan talabalar bilan doimiy munosabatda bo’ladigan, ularga intellektual, ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy jihatdan to’g’ri tarbiya bera oladigan, shuningdek, yoshlarda ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy jihatdan yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishga ko’mak beradigan shaxsdir.
Farg’ona davlat universiteti Filologiya fakultetida ham talabalar yashash xonadonlariga borib, ularning holidan doimiy ravishda xabar olinib kelinmoqda. Jumladan, bugun fakultet tyutorlari Alisher Shokirov, Abdusalom O’ktamovlar boshchiligida chekka tumanlarda istiqomat qiluvchi talabalarning yashash xonadonlariga borib, talabalar hamda ularning ota-onalari bilan farzandlarining onlayn dars-mashg’ulotlaridagi ishtirokini ta’minlash, yashash sharoitlari hamda mavjud muammolarini o’rganish, o’quv jarayonlari bo’yicha mavjud savollariga javob berish maqsadida suxbatlar o’tkazdilar.
Shuningdek, qish mavsumini betalofat o’tkazish hamda bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, o’tkazilayotgan onlayn tanlovlarda faol ishtirok etishlari bo’yicha tegishli tavsiyalar berildi.