Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARGʼONA DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROT-RESURS MARKAZI: “Ajdodlar xotirasin yod etib”

15:41, 10.02.2022      

Buyuk so‘z san’atkorlari tarixning tub burilish nuqtalarida, millatni birlashtiruvchi, ruhan yuksaltiruvchi badiiy so‘zga kuchli ehtiyoj tug‘ilgan paytda dunyoga keladi. Alisher Navoiy xuddi ana shu davrda yashadi.

Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher 1441 yilning 9 fevralida Hirotda tug‘ildi. Alisher Navoiyning ota tomondan bobosi Amir Temurning Umar Shayx ismli o‘g‘li bilan ko‘kaldosh (emikdosh) bo‘lib, keyinchalik Umar Shayx va Shohruxning xizmatida bo‘lgan. Otasi G‘iyosiddin Bahodir esa Abulqosim Boburning yaqinlaridan; mamlakatni idora etishda ishtirok etgan. Biz – avlodlarga shunday qimmatli ma’lumotlarni qadim tarix albatta bilim manbai bo’lmish kitoblar orqali yetkazadi. Shu bois, Navoiyxonlik tadbirlarining kutubxonalarda o’tkazlishida ham oziga xos ramziy ma’no bor go’yo.

Jumladan Farg‘ona davlat universitetining Axborot-resurs markazida tashkil etilgan tadbir ham so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag’ishlandi. “Ajdodlar xotirasin yod etib” deb nomlangan mazkur badiiy-musiqiy kecha o’zgacha fayzli o’tdi.

Tadbirda adabiyotshunos olimlar, yosh ilmiy taqdiqotchilar, San’atshunoslik fakultetining "Tarona" vokal cholg'u ansambli yoshlari ishtirokida tayyorlangan adabiy va madaniy dastur - talabalarda shoir ijodiga bo'lgan qiziqishni yanada oshirdi.