Mamlakatimizda 9-fevral – buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludi keng nishonlash an’anaga aylangan. Bu yil bobokalonimiz tavalludining 581 yilligi viloyatimizda ham keng nishonlanmoqda.
Jumladan, Matematika-informatika fakulteti tyutorlari hamda faol talaba-yoshlari ham Marg’ilon shahar Erkin Vohidov nomidagi iste'dodli yoshlar maktab-internatida navoiyxonlik tadbirida ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirda O’zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Shuhrat medali sohibi, shoir Bahodir Iso tomonidan buyuk shoir va mutaffakkir she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosi, shoh asarlari, nodir devonlari, betakror g’azal va dostonlari bilan bashariyat tamadduni va adabiyotiga beqiyos hissa qo’shganligi haqida so’zlab berdi. Chunki allomaning qalamiga mansub, yuksak mahorat va betakror so’z san’ati ohangida yaratilgan, ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan bebaho ijod namunalari asrlar osha o’z mazmun va sayqalini yo’qotmay, ulkan ma’naviy meros va adabiyotimiz gultojiga aylangan.
Tadbir davomida Alisher Navoiy bobomiz qalamiga mansub g’azal va ibratli hayot yo’li yosh ijodkorlar tomonidan sahna ko’rinishi orqali mohirona ijro etildi.