Hazrati Alisher Navoiy oʼz zamonasida qanday dovrugʼ qozongan boʼlsa, hozirda va kelajakda ham huddi shunday dovrugʼga ega boʼladi. Chunki, bu ulugʼ zot kabi el-yurt farovonligi uchun homiy, fan va madaniyat ravnaqi uchun olim, yurt tinchligi uchun sarkarda, nazm va navo ahli uchun shoir hali dunyo yuzini koʼrgani yoʼqdir.Bu zot millatimizni dunyodagi eng madaniyatli, ma’rifatli xalqlar qatoriga olib chiqqan, jahon adabiyotining eng buyuk siymolari qatorida turadigan zotdirlar.
Mana oradan besh asrdan ortiq vaqt oʼtsada, har yili Alisher Navoiy tavallud topgan sanada u kishining siymosi yoshlar ko’z o’ngida gavdalanadi.
Fargʼona davlat universiteti Mevachilik, uzumchilik va sabzavotchilik fakultetining 6-sonli talabalar turar joyida, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan ijodiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda yotoqxonaning tarbiyachi-pedagogi R.Mamatkarimov va tyutor A.Zikiryoyevlar tomonidan yoshlarga mutafakkirning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar berildi. Talabalar tomonidan shoir qalamiga mansub g‘azallar o‘qib eshittirildi.