Tarix fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi D.Normatova tashabbusi bilan Farg‘ona viloyati hokimining 28.01.2022 yildagi qarori asosida belgilangan fevral oyi- "Ajrimlarga qarshi kurashish" oyligi doirasida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda fakultet professor-o‘qituvchilari, viloyat Mahalla va oilani qo‘llab- quvvatlash boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etishib, jamiyatning eng og‘riqli nuqtalaridan biri bo‘lgan ajrim, uni yuzaga keltiruvchi sabablarga qarshi kurashish, bu jarayonda ziyolilarning ishtiroki va talaba-yoshlarni ma’nan sog‘lom tafakkur egasi qilib tarbiyalash jarayonidagi mas’uliyati kabi mavzularda suhbat olib borildi.
Muloqot so‘nggida mazkur oylik doirasida tayyorlangan tarqatma materiallar taqdim qilindi.