Oliygoh rektorining fakultetlararo uchrashuvlari davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi bilan tashkil etildi. Unda ishtirok etgan professor-o’qituvchilar va ishchi-xodimlar talabalarga sifatli ta’lim berilishi, yoshlarni tarbiya qilishda odob-axloq, madaniyat, umuminsoniy qadriyatlarning singdirilishi, diyonat, or-nomus, adolat, sadoqatlilik g’oyalarini o’rgatilishi kabi muhim masalalarda rahbar tavsiyalari va tajribalarini o’rgandilar.
Universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov ushbu fakultet kafedralari professorlari bilan muloqot olib borar ekan, ilg’orlik va tashabbuskorlik davr talabi ekanligi, kafedralardan yuzlab yosh olimlar yetishib chiqishi zarurligini alohida aytib o’tdi.