Voleybol bu — (inglizcha: volleyball - volley “urib qaytarmoq” va ball –“toʻp”) toʻpli sport oʻyini boʻlib, har biri 6 kishidan iborat ikki jamoa bilan oʻrtasidan toʻr tortilgan maydonchada oʻynaladi.
Voleybol Oʻzbekistonda 1920-yildan oʻynalgan. Oʻzbekiston Respublikasi 1991-yil Xalqaro voleybol federatsiyasiga, 1992-yil Osiyo voleybol konfederatsiyasiga aʼzo boʼldi. Oʻzbekistonda bu sport turi bilan 700 mingdan ortiq kishi muntazam shugʻullanadi. U oliy taʼlim muassasalarida ommaviy tus olgan, jismoniy tarbiya boʻyicha dasturning ajralmas qismi hisoblanadi.
Jumladan, Fargʼona davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakultetida Voleybol to‘garagi ish boshladi. Ayni kunlarda fakultetning talaba-qizlari o‘rtasida Voleybol sport turini rivojlantirish, universiada sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida sport klubi hamkorligidamusobaqalargasaralash jarayonlari boshlab yuborildi.