Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​Talabalar turar joyi, ijara va qarindosh urug‘larinikida yashovchi talabalarning yashash sharoiti o‘rganildi

18:40, 11.02.2022      


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda Vazirlikning 2017 yil 2 oktyabrdagi 719-sonli buyrug‘iga asosan Talabalar turar joyi, ijara va qarindosh urug‘larinikida yashab kelayotgan talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida, Farg’ona davlat universiteti matematika-informatika fakulteti talabalarning yashash sharoitlari oʼrganildi.

Oʼrganish vaqtida talabalar turar joyi bilan taʼminlanganlarining ahvoli, xonalarning tartibli va ozodaligi hamda talabalar boʼsh vaqtlarida nimalar bilan band kabi masalalariga eʼtibor berildi.

Bundan tashqari ijarada va qarindoshlarinikida turadigan talabalar yashash sharoiti alohida oʼrganildi. Ularni yashaydigan hududniva oilani tinchligi, sogʼlom oila muhitida yashayotganliklariga xonadon sohiblari bilan oʼtkazilgan suhbatdan soʼngishonch hosil qilindi.