Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​UNIVERSITET REKTORI – INGLIZ TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI JAMOASI BILAN UCHRASHUVDA

13:36, 12.02.2022      

Ayni vaqtda universitet rektori Ingliz tili va adabiyoti fakulteti professor- o'qituvchilari va yosh ilmiy taqdiqotchilari bilan uchrashuv olib bormoqda.

Samimiy muloqot tarzida o'tayotgan uchrashuvda talaba-yoshlar tarbiyasi,ularni ruhan qo'llab-quvvatlash, talabaga nafaqat nazariy bilim, shu bilan birga metodik, pedagogik jihatdanko'nikmalar berish masalalari kun tartibida bo'lmoqda.

"Yoshlar masalasi bugun hammamizni birinchi galdagi vazifamiz, shu bois ularning yutug'i mevamiz, kamchiligi og'rig'imizdir,"- deydi pedagogika fanlari doktori,professor- Bahodirjon Shermuhammadov.

Muloqotda universitet rektori o'z hayotiy tajribalari va faoliyatini jamoa bilan o'rtoqlashgan holda yoshlardan yetuk kadrlar yetishtirishda, "ustoz" deb atalmish sharafli nomni oqlash borasida burchlarimizni ta'kidladilar.

Fakultetda ta'lim olayotgan talabalarning ko'p qismini qizlar tashkil etayotganligi bois, ular bilan muntazam yaqin muloqotda bo'lish, o'zbekona hayo va ibo, sadoqat va vafo, milliy g'ururni chuqur anglashlari va unga amal qilishlari, bu borada ularga aynan biz - ustozlar o'rnak bo'lishimiz rahbar tomonidan qayd etildi.