Mahallada yoshlarning ta`lim-tarbiyasi sifatini oshirish, bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishlarini nazoratga olish maqsadida, Farg’ona davlat universiteti Filologiya fakulteti jamoasi o`zlariga tegishli mahalla fuqarolar yig’inlari bilan doimiy hamkorlikni yo’lga qo’ydilar.
Fakultetning bir guruhi tyutorlari Farg’ona shahridagi “Navro`z” mahalla fuqarolar yig`inida bo`ldilar.
Ular mahalla raisi J.O`rmonov bilan bo`lgan suhbatda mahalla hududida ijarada yashovchi talaba-yoshlarning qonunchilik talablaridan kelib chiqib yashash joylariga yaqin hududlarda alkogolli va tamaki mahsulotlari sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish to`g`risida va talaba yoshlarning zararli odatlar yo‘liga kirishiga sabab bo‘layotgan omillarga qarshi manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish kabi masalalarda suhbatlashib, talabalar nazoratini kuchaytirishga kelishib olindi.