Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

IQTISODIYOT FAKULTETI - REKTOR NIGOHIDA

17:19, 14.02.2022      

Bugun universitet rеktori, pеdagogika fanlari doktori, profеssor Bahodirjon Shеrmuhammadov fakultetlararo olib borayotgan uchrashuvlarini Iqtisodiyot fakultetida tashkil etdi.

Ushbu uchrashuvda profеssor-o'qituvchilar, yosh ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdilar va oliygoh rektori bilan to'g'ridan-to'g'ri, samimiy va ochiq muloqotda bo'ldilar.

Muloqot davomida yoshlarga ta'lim berishda ularning tarbiyasi, mafkurasi, milliy qadriyatlar ruhida kamol topishlari, ularda oriyat, diyonat, vatanparvarlik kabi tuyg'ularni shakllanishi uchun professor-o'qituvchilari olib borayotgan ishlar rektor nigohida bo'ldi.

Ayniqsa, jamoa oldiga muhim vazifa sifatida - ta'magirlik, korrupsiya holatlarini oldini olish, halollik, ahillik bilan ishlash, yomon illatlardan yiroq bo'lish, o'z fazilatlari bilan talaba-yoshlarga o'rnak ko'rsatish kabi talablar qo'yildi.

Shuningdеk, uchrashuvda so'z olgan FarDU professori A. G'ofurov bugungi uchrashuv mazkur fakultet jamoasi kutgan, ayni ularning qalbidagi muloqot bo'lganligini bildirib, rektor B.Shermuhammadovning tavsiyalari o'rinli ekanligini alohida ta'kidladi.

Universitet rahbari o'z nutqida jamoaga mamlakat uchun, yoshlar ta'limi, millat kelajagi uchun mehnat qilishda bugun 539 yilligi nishonlanayotgan shoh va shoir- Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini namuna qilib ko'rsatdilar.