Zahiriddin Muhammad Bobur insoniyat tarixidagi ikki buyuk sulola tutashgan nuqtada dunyoga kelgan jahonning eng mashhur shaxslaridan biridir. Bobur tavalludining 539 yilligi yurtimiz bo`ylab keng nishonlanmoqda.
Jumladan, Farg’ona davlat universiteti matematika-informatika fakulteti professor-o`qituvchi va talabalari o`rtasida “Boburxonlik” kechasi o`tkazildi. Tadbirda so‘z olgan yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari o'zbek xalqining boy madaniy merosiga ulkan xissa qo`shgan Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi, o‘lmas asarlarning jahon taraqqiyoti, ilm-fani rivojidagi ahamiyati, ilmiy salohiyati, insoniyat tafakkurining, ayniqsa, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni va roli nihoyatda muhim ekanligini ta’kidladi. Ayniqsa mustaqillik yillarida Bobur shaxsini o`rganishga bo`lgan etibor yuksalgani, Boburiylar sulolasi Hindiston taraqqiyotidagi o‘rni va roli nihoyatda katta ekanligi e’tirof etildi.
Tadbir davomida, fakultet talabalari tomonidan Bobur g‘azallaridan namunalar tinglandi.