Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

DIQQAT: XATLOV

17:29, 17.02.2022      

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro`yhatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 710-son qarori ijrosini ta`minlash maqsadida, Farg`ona davlat universitetining Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti professor-o`qituvchilari va talabalariga “O`zbekiston Respublikasida aholini ro`yhatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish” mavzusida seminar bo`lib o`tdi.

Seminarda, Farg`ona viloyati statistika boshqarmasi aholini ro`yhatga olish bo`limi boshlig`i A.Abdurazzoqov so`zga chiqib, O`zbekiston Respublikasida birinchi marotaba amalga oshirilayotgan ushbu muhim jarayon 3 bosqichda amalga oshirilishi to`g`risida gapirar ekan, unda bo`lajak iqtisodchi kadrlarning ishtiroki muhimligini ta`kidladi.

Shuningdek, Farg`ona viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari I.Halimova va matbuot kotibi B.Mahsudovalar soʼzga chiqib, qaror ijrosini taʼminlashda nimalarga eʼtibor berish zarurligi toʼgʼrisida tushuntirdi.

Seminar davomida talabalar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblarni oldilar.

Talabalar nomidan soʼzga chiqqan, fakultetning 1-kurs talabasi M.Ibrohimov davlatimiz tomonidan olib borilayotgan ushbu jarayonda faol qatnashib, jamiyatimizga oʼz hissalarini qoʼshishga tayyor ekanliklarini bildirdi.