Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

AYOL BORKI, OLAM MUNAVVAR

13:58, 18.02.2022      


Kelajagimiz bo`lmish yosh avlodni dunyoga keltirishda ayollarning salomatligi jamiyatda sog`lom muhitni yaratilishida asosiy omil hisoblanadi.

Oila va jamiyatda reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, jismonan va ma`nan barkamol avlodni tarbiyalashda ayollarning o`rni kabi masalalar yuzasidan, Farg`ona davlat universiteti Axborot resurs markazining majlislar jalida Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetning xotin-qizlar masalalari bo`yicha dekan o`rinbosari I.Nurmatova boshchiligida fakultet tyutorlari va talaba-qizlari ishtirokida “Baxtli hayot uchun 10 qadam” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi.

Ushbu tadbirda Farg`ona shahar bosh imom xatibining xotin-qizlar bo`yicha maslahatchisi M.Ahmadaliyeva, Farg`ona shahar targ`ibot guruhi rahbari D.G`ofurova, fakultetning yoshi ulug` ustozi S.Musayeva hamda universitetning ma`naviyat va ma`rifat bo`lim boshlig`i O`.Rajabovlar qatnashdilar.

Tadbirdan ko`zlangan asosiy maqsad, talaba-qizlar o`rtasida erta turmushni oldini olish hamda qizlarni turmushga tayyorlashga qaratilgan bo`lib, unda so`zga chiqqan universitetning ma`naviyat va ma`rifat bo`lim boshlig`i O`.Rajabov oliygohimizda xotin-qizlarga alohida e`tibor qaratilayotgani, jumladan, “Xotin-qizlar masalalari bo`yicha dekan o`rinbosari” lavozimining joriy etilgani, har bir talaba-qizlarni yaqindan o`rganish, ularni kelajakdagi istiqbolli rejalari bilan tanishish va muoammolarni ijobiy hal etishga amaliy ko`mak berilishi haqida tushutirdi.

Shuningdek, tadbirda Farg`ona shahar bosh imom xatibining xotin-qizlar bo`yicha maslahatchisi M.Ahmadaliyeva so`zga chiqib, qizlarning diniy yoki dunyoviy bilimlarni egallashidan qat`iy nazar, odob-ahloq qoidalariga amal qilishlari, ularni kelajakda yetuk mutaxassis va oqila ayoldek sharafli yo`lga boshlashi haqida gapirdi.

Tadbir qizgʼin munozaralarga boy tarzda boʼlib oʼtdi. Tadbir so‘ngida talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.