Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

REKTOR UCHRASHUVLARI:

14:02, 18.02.2022      

Farg`ona davlat universitetining barcha fakultetlari oliygoh rektori nigohida bo'lar ekan, navbatdagi diqqat-e'tibor - Filologiya fakultetiga qaratildi.

Uchrashuvda professor-o’qituvchilar, yosh olimlar, ilmiy taqdiqotchilar, kafedralar a'zolari ishtirok etdilar.

Dastlab universitet rektori, pedagogika fanlari doktori, professor - Bahodirjon Shermuhammadov jamoa bilan ochiq muloqotga kirishar ekan, kun tartibidan o'rin olgan eng muhim masalalar - korrupsiyaga qarshi keskin kurashish, uzoq yillardan buyon oliygohda mehnat qilayotgan tajribali ustozlarga yosh xodimlarni tarbiyalab borish, jamoada jonkuyarlik, o'z ishiga mas'uliyat bilan yondoshish, o'zi mehnat qilayotgan ziyo maskanini e'zozlash, ahil bo'lish, yaxshi hulq va chiroyli tarbiya bilan talaba-yoshlarga o'rnak bo'lish kabi vazifalarga alohida to'xtalib o'tdi.

Shuningdek, ilmiy salohiyat, tartib va intizom borasida Respublikada o'ziga xos maktab yarata olgan ushbu fakultet an'analarini ommalashtirish, bu nufuzni saqlash uchun intilish, yoshlarni ham yangi marralar sari chorlash bo'yicha rahbar tavsiyalari tinglandi.

Muloqotda so'z olganlar mazkur uchrashuvdan yangicha ruh, o'zgacha shiddat olganliklarini bildirib, universitet tarixida fakultetlararo bunday samimiy, jonli, yuzma-yuz suhbat - ilk marotaba rektor Bahodirjon Shermuhammadov tomonidan tashkil etilganligini yashirmadilar.