Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

REKTORNING NAVBATDAGI UCHRASHUVI - HARBIY TA’LIM FAKULTETIDA

18:24, 18.02.2022      

Fakultetlararo o’tkazilayotgan rahbar uchrashuvlari davom etmoqda.

Navbatdagi uchrashuv Harbiy ta’lim fakultetida tashkil etildi. Uchrashuvda fakultet rahbariyati, professor-o’qituvchilar, ishchi xodimlar - Farg`ona davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor - Bahodirjon Shermuhammadovning jamiyat boshqaruvi, ilmiy yetuklik, yoshlar ta’lim-tarbiyasi, chin insoniy fazilatlar borasidagi tajribalarini muloqot orqali o’rgandilar.

Muloqot jarayonida oliygohga mehr qo‘yib, unga ota-ona kabi hurmat-ehtiromda bo‘lish, halol mehnat qilish, turli qing‘irliklarga, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, yoshlarni haqiqiy yurt va millat farzandlari qilib yetishtirish, ularning qalbida ma’rifat, ezgulikka moyillik uyg‘otish kabi masalalar jamoa oldiga qo‘yilgan eng asosiy vazifalar bo‘ldi.

Muloqot davomida universitet rektori fakultet hayoti, kafedralar faoliyatini o‘rganar ekan, kutubxona, harbiy-o‘quv vositalari, moddiy-texnik jihozlar ham uning diqqat markazida bo‘ldi.

“Bugun axborot asrida yashar ekanmiz, yoshlarimizni ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat bilan axborot hurujlaridan saqlashimiz, turli hurujlarga qarshi munosib javob bera oladigan, yurti, eli va o’z sha’nini himoya qilishga qodir etib tarbiyalashimiz zarur” - deya ta’kidladi rektor o’z nutqida.