— Jinoyatchilik jamiyatning barqaror rivojlanishiga jiddiy xavf soluvchi ijtimoiy hodisadir. Jinoyatchilik har qanday jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorligining jiddiy kushandasi hisoblanadi. Jinoyatchilikka qarshi kurashish faqat huquq tartibot organlarining emas, balki keng jamoatchilikning vazifasi bo‘lmog‘i zarur.
Farg‘ona viloyati hokimi tomonidan 2022 yil 27 yanvarda tasdiqlangan “2022 yilning 1-16-fevral kunlari davomida Farg‘ona viloyatidagi boshqarma, tashkilot va korxonalarda hamda jamoat tashkilotlarida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, ishchi-xodimlar o‘rtasida ekstremizm, terrorizmning salbiy oqibatlarini keng tushuntirish, turli tashqi kuchlarning mamlakatimizda hukm surayotgan osoyishtalikni beqarorlashtirishga bo‘lgan urinishlarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar rejasi”ga asosan, fakultetlar professor-o‘qituvchilari targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok etishdi.
Jumladan, 20 dan ortiq tadbirlarda maʼruzachi sifatida ishtirok etishdi.
Ana shunday tadbirlardan biri 2022 yil 14 fevral kuni Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i O‘.Rajabov ishtirok etib, “Maʼnaviy tahdidlarning ko‘rinishlari va ularga qarshi kurashishning samarali mexanizmlari” mavzusida maʼruza qildi.
Tadbir so‘ngida maʼruzachilar berilgan savollarga batafsil javob berishdi.