Vatanni Bobur kabi madh etgan shoir bo’lmasa kerak. Chunki u, umr bo’yi ona yurti sog’inchini, Vatan iforini dumog’iga tugub yashadi. Qalb kechinmalarini satrlarga bitib ovunadi. G`’azallariga bitilgan navolar hanuz kuy taratmoqda.
Buyuk shoh va shoir, yirik davlat va madaniyat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi joylarda munosib nishonlanmoq.
Xususan, Farg’ona davlat universiteti Pedagogika-psixologiya fakulteti talabalari o’rtasida “Bobur kabi seving Vatanni” nomli adabiy-musiqali kecha bo’lib o’tdi.
Tadbirda Boburning Vatan sog’inchi bilan yo’g’rilgan g’azal va ruboiylari tinglandi. Vatanga bo’lgan muhabbat, uni sevish, ulug’lash kabi ezgu fazilatlar Bobur ijodi orqali yoshlar qalbida chiqur iz qoldirdi.