O’zining yuksak salohiyati va bilimiga tayanib, yuqori marralar sari olg’a qadam bosib borayotgan yoshlarimiz safi kundan-kun ortib borayotgani barchamiz uchun quvonchli.
Farg’ona davlat universitetining bir qator talaba-qizlari ana shunday o’rinlarni band qildilar.
Jumladan, Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 3-bosqich talabasi Anvarova Feruzabonu Anvar qizi – 2021-2022-o’quv yilida “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo’ldi.
Yana shunday, o’zining teran fikrlari va zakovati bilan universitetning Pedagogika-psixologiya fakulteti talabasi Ergasheva Zarnigorxon ham “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibiga aylandi.
Shuningdek, universitetning fizika-texnika fakulteti 4-bosqich talabasi, ayni paytda Prezident maktabi o’qituvchisi – Yuldasheva Shahrizoda Abrorjon qizi - 2021-2022 - o’quv yilida “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibalari qatoridan joy egalladi.
Talaba-yoshlarmizning bu kabi natijalari universitetimiz faxridir.