Yoshlik insonning quvvatga to‘lgan va harakatchanligi ziyoda bo‘lgan vaqtidir. Shu bilan birga, yoshlik davri insonning hayot yo‘llarining chorrahasida turgan payti hamdir.
Agar o‘sha chorrahada inson yaxshi tarbiya topsa, unda go’zal odob-ahloq va hulq shakllansa hayoti mazmunli o’tadi. Ayniqsa, odob-ahloq borasida qizlarimiz bizning eng nozik tomonimizdir. Xususan, mazkur yo’nalishda Farg’ona davlat universitetida ham talay ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, kuni kecha Zootexniya fakultetida 54-sonli "O‘zbekiston" mahallasi faollari bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi. Tadbirda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi M.Axmadjanova va mahalla otinoyisi Y.Qazaqbayeva, shuningdek, fakultetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi, tyutorlar ishtirok etdilar. Talaba-qizlar uchun o’tkazilgan muloqot tarzidagi ushbu tadbir "Qizlardagi odob-ahloq va kiyinish madaniyati" masalalariga qaratildi.