Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 306
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​GIYOHVANDLIK ASR VABOSI

11:47, 19.02.2022      

Davlatimizning oqilona siyosati fuqarolar jamiyatining har tomonlama komil, sog‘lom, oliyjanob fazilatlari, yuksak tafakkuri va ma’naviyati, ijtimoiy faolligi bilan ajralib turadigan namunali jamiyat bo‘lishiga qaratilgan. Mana shu xalqchil siyosatga asoslangan davlatimiz barcha turdagi giyohvandlikka qarshi izchil kurash olib bormoqda.

Jumladan, Farg’ona davlat univeritetida Fevral oyi - yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi doirasida profilaktik tadbirlar o'tkazilmoqda. Universitetning Chet tillari fakultetida o’tkazilgan tadbir maqsadi ham shunga qaratildi.

Farg'ona viloyati Ichki ishlar bo’limi Jinoyat qidiruv bo’limi boshlig’i katta tezkor vakili katta leytenant T.Xaydarov, Farg'ona viloyati Ichki ishlar bo’limi Jinoyat qidiruv bo’limi boshlig’i katta tezkor vakili mayor U.Onorqulov, Fargo'na shahar Ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi katta profilaktika inspektori B.Jumaqulovlar ishtirok etdilar va talabalarga giyohvandlikning salbiy og'ir oqibatlarini o'zida aks ettirgan video va faktlar havola etish bilan birga qator misollar bilan tanishtirdilar.

Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob va berilgan lavhalardan xulosa oldilar.