Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

​Filologiyada gimnastika to’garagi

10:08, 22.02.2022      

Har bir shaxsning salomatligi birinchi navbatda uning hayot tarziga, jismoniy va ruhiy faoliyatiga bog’liqdir.

Gimnastika inson salomatligini faollashishiga xizmat qiluvchi jismoniy mashqlarning muhim turidir. U kishilarning har tomonlama faolligini mustahkamlashga, epchil, chaqqon, harakatchan bo’lishiga yordam beradi. Ayniqsa, ayollar o’rtasida turli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi ortiqcha vazn yig’ilishini oldini oladi.

Jamiyatda ayollarning sog’lom bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan universitetning filologiya fakulteti rus tili yo'nalishidagi guruhlarda ta'lim olayotgan, ayni paytda 6-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish hamda 5 ta muhim tashabbus doirasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida, sportning badiiy gimnastika, san'atning xoreografiya yo’nalishi bo'yicha qizlar uchun to’garak tashkillandi.

Mashg’ulotlarga fakultetning talaba-qizlari bilan birga ayollari jalb etildi. Ularga fakultet talabasi Dilafruz Abdullayeva rahbarlik qilmoqda.