Muzey – yosh avlodni Vatanga bo’lgan muhabbatini oshirishda, barkamol avlodni tarbiyalashda muhim vosita hisoblanadi. U biror xalqning o’tmishi, ajdodlari, milliy qadryatlari, san’ati, madaniyati bir so’z bilan aytganda, moddiy va madaniyat namunalarini to’playdigan, ularni o’rganadigan va kelgusi avlod uchun saqlaydigan dargohdir.
Yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish va ma’naviyatini yuksaltirish maqsadida Farg’ona davlat universitetining ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishi tyutorlari yetakchiligidagi talaba-yoshlar "Ajdodlar xotirasi qalbimizda" shiori ostida universitet tuzilmasidagi "Qatag‘on qurbonlari" muzeyida bo’ldilar.
Ona Vatani va xalqi ozodligi uchun mardona kurash olib borib, aziz jonlarini fido qilgan, mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan ulug‘ ma’rifatparvar ajdodlarimizning merosini o‘rganish talabalarda katta taassurot qoldirdi.