Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI YOSHLARI HAR SOHADA YETAKCHI

14:13, 22.02.2022      

Bugungi kunda yuksak salohiyatli navqiron yoshlar hayotimizga kirib kelmoqda. Ularga keng yo`l ochib berish, ehtiyoj va manfaatlarini ta`minlash, qobiliyat va iste`dodini ro`yobga chiqarish, hayotda o`z o`rnini topishiga yordam berish davlatimiz, Prezidentimiz e`tibori markazida ekanligidan tom ma`noda quvonamiz. Qolaversa, Vatanimiz taqdiri bilan chambarchas bog`liq masalaga qaratilgan davlat siyosati darajasidagi rag`batdan ruhlanamiz. Kuni kecha Farg`ona davlat universitetining bir guruh iqtidorli va iste`dodlari, izlanuvchan talabalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovida g`olib bo`ldilar. Tarix, matematika-informatika, fizika-texnika, pedagogika-psixologiya, harbiy ta`lim, tabiiy fanlar, filologiya kabi yo`nalishlarda puxta bilim olayotgan va o`z sohasi bo`yicha kuchli kadr bo`lib yetishayotgan ushbu yoshlarimiz Farg`ona davlat universiteti talabalari uchun yetakchilik borasida yuksak namuna ko`rsatdilar.