Kuni kecha Farg'ona davlat universiteti professori Ahmadali G'ofurov qutlug'- 95 yoshni qarshi oldi.
Shu munosabat bilan universitet rektori,pedagogika fanlari doktori,professor- Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligidagi oliygoh jamoasi- professor xonadonida bo'lib, muborak yoshni qarshi olgan ustozni tabrikladilar.
Uzoq yillardan buyon universitetda mehnat qilib, mamlakatimizga salohiyatli iqtisodchi kadrlarni yetishtirib berayotgan Ahmadali G'ofurov - O'zbekiston iqtisodiyotida yetakchi olim hisoblanadi. Bugun bu nuroniyning minglab shogirdlari buxgalteriya, marketing, audit, bank ishi,mexmonxona boshqaruvi kabi muhim sohalarda samarali faoliyat yuritmoqda.