Jamiyat paydo bo’libdiki, uni boshqarish ma’lim qonun va qarorlar bilan tartibga solinib kelingan. Hozirgi kunning butun dunyo dolzarb muammosiga aylangan “Jinoyatchiliklarga qarshi kurashish” masalasi va ularga qarshi kurash chora-tadbirlari yurtimizni ham chetlab o’tgani yo’q.
Respublikamizda o’tkazilayotgan “Jinoyatchiliklarga qarshi kurashish” chora-tadbirlari har bir sohada o’z aksini ko’rsatmoqda. Jumladan, Farg’ona davlat universitetining 5-sonli talabalar turar joyida Zootexniya fakulteti tyutorlari va talaba-yoshlar o‘rtasida "Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Farg‘ona shahar S.Temur hududiga qarashli profilaktika inspektori S.Ro‘zmatov va Milliy gvardiya xodimi serjant N.Mirzajonovlar ishtirok etdilar.