Farg’ona davlat universiteti Tarix fakulteti tomonidan Islom Karimov nomidagi san’at saroyida Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takamillashtirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi 92 - sonli qarori ijrosi va “Salomlashish madaniyati va talaba-yoshlar o‘rtasida odob-axloq qoidalari” mavzusida katta tadbir bo’lib o‘tdi.
Ushbu tadbirning Farg’ona davlat universitetida bo’lib o’tayotgan seminar doirasida o’tkazilayotganligi uning yanada qizg’in tus olishiga sabab bo’ldi. Tadbirda dastlab Prezidentimizning 92 - sonli qarori yuzasidan falsafa fanlari nomzodi, dotsent B.G’aniyev, falsafa fanlari nomzodi A.Asatullayevlar professor-o’qituvchilar va talabalarga o’z tahliliy fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Shundan so’ng tarix falari nomzodi, dotsent A.Sharafiddinov va filologiya fanlari nomzodi, dotsent S.Mo’min “Salomlashish madaniyati va talaba-yoshlar o‘rtasida odob-axloq qoidalari” mavzusida ma’ruza qildilar.