O’zbekiston Respublikasining 561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to’g’risida”gi qarori bo'yicha hududiy dasturlar hamda ularning ijro etilish holati va ushbu masala yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlilini atroflicha o'rganish, shuningdek, kerakli tavsiyalar berish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Oliy senat a'zosi, Respublika gender markazi rahbari Kadirxanova Malika Аkbarovna, viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari T.Tojiyeva, tadbirkor ayollar uyushmasi rahbari D.Mehmonovalar Farg'ona davlat universitetida bo’ldilar.
Tashrif mobaynida universitetning xotin-qizlar masalalari bo'yicha Kengashi tomonidan ayollarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish bo’yicha amalga oshirilgan ishlari atroflicha o'rganilib, oliygohdagi “Gender tadqiqotlar markazi”, “Bolajon” innovatsion markazi faoliyati ham ko’zdan kechirildi.
Kengashda yig’ilganlar Muhtaram Prezidentimiz qarori ijrosi yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni o’rganish bilan birga, kelgusida ayollarni turli zo’ravonliklardan himoya qilish bo’yicha o’z rejalarini o’rtoqlashdilar.