Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA RESPUBLIKA O‘QUV SEMINARI: “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini o‘rganamiz

16:01, 28.02.2022      

Kunning ikkinchi yarmida seminarning asosiy maqsadiga – ya’ni - Prezidentimizning “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini o‘rganishga kirishildi.

Bunda Farg‘ona davlat universiteti tajribasi misolida oliygoh va mahalla hamkorligi, “mahallabay” va “talababay” ishlash tizimi, bu borada yoshlar yetakchisini har tomonlama yetuk mutaxassisga aylantirish, ota-onalar va mahalla faollari, mahalliy tadbirkorlar bilan ishlash metodlari, yoshlar manfaatlariga xizmat qiluvchi tashkilotlardan unumli foydalanish, qarorda belgilangan «Yoshlar balansi»ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni «Yoshlar daftari» va «Yoshlar portali» elektron platformalariga kiritilishi, ular bilan samarali ish tashkil qilishni o‘rganish kabi masalalar muhokama markazida bo‘ldi.

Seminar-treningda ishtirok etayotgan OTMlarning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorlari chiqishlari ham munozaralarga boy bo‘ldi. Ular tomonidan mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish borasida bildirilgan takliflar va tavsiyalar o‘zaro bahslarda, mulohazalarda yanada rivojlantirilib, tajribalar o‘rtoqlashildi. Bunda talabalarni qarorda ko‘rsatilgan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi — «O‘zbekiston uchun 100 g‘oya» va «Mahallaning ishbilarmon tadbirkori» tanlovlari, «Biznesga birinchi qadam» grant loyihasi hamda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlarini tashkil etish chora-tadbirlari kelishib olindi.

Ishtirokchilar treningda o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalari xususida fikr bildirar ekanlar, Farg‘ona davlat universitetida o‘tkazilgan seminar o‘z maqsadlariga erishganligi muzokaralarda namoyon bo‘ldi.