Yoshlar yurtning kelajagini, uning ertangi taqdirini hal qiluvchi katta kuchdir. Shu bois mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining aniq ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Ular bilan tizimli ishlash bo‘yicha yangi o‘ziga xos tartib va mexanizmlar joriy etildi. Xususan, Farg‘ona davlat universitetida yoshlar bilan ishlash, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va muammolarini hal etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Davlatimiz rahbarining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori yoshlar bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish kabi maqsadlarga xizmat qiladi.
Jismoniy madaniyat fakultetida ham qaror mazmun-mohiyati, qarordan kelib chiquvchi oliygoh vakillarining muhim vazifalari o'rganildi.
Yig'ilishda fakultetning bir guruh professor-o‘qituvchilari jamoat ishlarida faol ishtiroki uchun taqdirlandilar.