Bahorning ilk kunlarida bo’lib o’tayotgan sport musobaqalari talaba-yoshlarda zavq – shijoatni yanada kuchaytirmoqda. Bu esa ularning ta’lim olish bilan birga sport sohasidagi faolliklarini namoyon etishlariga turtki bo’lmoqda.
Farg’ona davlat universitetining Zootexniya fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusdan biri - "Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoit yaratish"ga qaratilgan ikkinchi tashabbusi doirasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
Musobaqada fakultetning barcha professor-o’qituvchilari, talaba-yoshlari va tyutorlari faol qatnashdilar. Yoshlar sportning uzoqqa sakrash va voleybol turlari bo‘yicha bellashdilar.