Pedagogika-psixologiya fakulteti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi tashabbuskorligida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami munosabati bilan talaba-qizlar oʻrtasida "FAKULTET MALIKASI" koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi.
Tanlovda ishtirokchi qizlar 4 ta shart boʻyicha o'zaro bellashdilar. Bunda ular oʻzlarining ilmiy va ijodiy qobiliyatlarini, pazandalik mahoratlarini namoyon etishga kirishdilar. Qizgʻin va murosasiz kechgan shartlar natijasiga ko'ra fakultetning Pedagogika-psixologiya yoʻnalishida ta'lim olayotgan 3-bosqich talabasi - Madinabonu Azimova 1-oʻrinni egalladi.