Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 340
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 256
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

TARIX FAKULTETIDA ILMIY SEMINAR

14:04, 05.03.2022      

Oliy ta’limda kadrlar sifatini yaxshilash, ularni ilmiy salohiyatini oshirish , ta’lim tizimiga innovasion metodlarni joriy etish maqsadida Farg’ona davlat universitetining bir qator professor-o’qituvchilari o’zlarining ilmiy izlanishlarini olib bormoqdalar.

O‘zbekiston tarixi va Jahon tarixi kafedralarining navbatdagi birlashgan ilmiy seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig'ilish kun tartibidan O‘zbekiston tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi Akbarov Ravshanbek Xalimovichning «Turkistonda Ta'sis Majlisini tashkil etish harakatlari (XIX asr oxiri - 1918-yil)» mavzusidagi 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan dissertatsiya va avtoreferati muhokamasi o'rin oldi.

Ilmiy seminarda professor-o‘qituvchilar tomonidan «Turkistonda Ta'sis Majlisini tashkil etish harakatlari (XIX asr oxiri - 1918-yil)» mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishiga ijobiy fikr mulohaza bildirildi. Akbarov Ravshanbek Xalimovichning PhD doktorlik dissertatsiyasi keyingi bosqichga tavsiya qilindi.