Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 340
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 256
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​“BAHOR MALIKASI”

12:34, 09.03.2022      


Universitet an'anasiga aylanib ulgurgan, lobar qizlarimiz ishtirokidagi ko'rik-tanlovlar davom etmoqda.Talaba-qizlarni umuminsoniy va milliy qadryatlar, yuksak insoniy fazilatlar, vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida, jamiyatda e'tirof etilgan ahloq tamoyillari va me'yorlariga mos tarbiyalash maqsadida Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talaba-qizlari o'rtasida "Bahor malikasi" ko'rik tanlovi o’tkazildi. Tanlovda fakultetning 1-bosqich talaba-qizlari ishtirok etdilar. Ular 5ta shart bo’yicha bellashib:

-Tanishtiruv;

-Mohir pazanda;

-Erkin mavzu;

-Savol-javob;

-Milliy taom palov pishirish kabi sinovli shartlarda o'zlarini sinadilar. Bellashuv davomida “Alla” va uning mohiyati, “Oila” va unda onaning o’rni, “Ayol bir qo’li bilan dunyoni tebratadi” kabi talaba-qizlarni oilaga tayyorlash bo’yicha amaliy ko’nikmalarini sinovdan o’tkazdilar.

Bellashuv qiziq va bahs-munozaralarga boy bo'lib, yig'ilganlarda va qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.