Go’zal bahor nafasi tabiatni uyg’otib ulgurmasdan, momolarimiz yalpizlar, ismaloqlar solingan ko’k somsalar, chuchvaralar tayyorlab, yurtga esonlik-omonlik tilab duo qiladilar.
Xalqimizning azaliy udumlaridan biri bo’lgan milliy, bahoriy taomlarni tayyorlash usullari yoshlariga me’ros sifatida saqlanib qolgani quvonarli, albatta. Bu oilalarimizda qizlarimizning milliy ruhda tarbiya olayotganidan dalolat beradi.
Farg’ona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetining Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi M.Dehqonboyeva hamda tyutorlar tomonidan 1-sonli talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlar uchun bahoriy darmondorilarga boy, tez va oson tayyorlanadigan taomlarni tayyorlash yuzasidan mahorat darslari o'tkazildi.
Ushbu mahorat darslarida talaba-qizlar faol qatnashib, kundalik turmushimiz davomida sog’lik uchun foydali vitaminlar va minerallarga boy bo’lgan, ayni bahoriy ko’katlardan taomlar tayyorlash usullarini o’rganib oldilar.