Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 340
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 256
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

FARG'ONA DAVLAT UNIVЕRSITЕTI KЕNGASHINING 7-SONLI YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI

10:51, 10.03.2022      

Kengash avvalida oliygoh rektori,pedagogika fanlari doktori, professor Bahodirjon Shermuhammadov o'z nutqida Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan o'tkazilgan videoselektor mazmun-mohiyati, mazkur yig'ilishda belgilangan ustuvor vazifalar to'g'risida alohida to'xtalib o'tdi.

Shuningdek, rektor o'z so'zida Davlatimiz rahbari tomonidan Farg'ona davlat universiteti faoliyati alohida e'tirof etilganligi, umumiy ovqatlanish va qurilish korxonalari tashkil etilishi, adras, milliy kiyimlar, kulolchilik sеxlari, dorivor o'simliklardan shifobaxsh damlamalar tayyorlanishi, “Do'stlik”, “Oqbilol” agrouchastkalari va Quvasoy shahridagi o'quv poligonlarida chorvachilik, asalarichilik, gulchilik, anorchilik, bog'dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik ishlari tashkillanganligi hamda biogumus yеtishtirish yo'lga qo'yilganligi, eng muhimi, bunda ko'plab talabalarning bo'sh ish o'rinlari bilan ta'minlanganligi, bu mehnatlarning barchasi - Muhtaram Prezidentimizning e'tiborida ekanligini ta'kidladilar.

Bu yuksak e'tirof universitet jamoasi uchun mas'uliyat va sharaf ekanligi, endilikda ish ko'lami va shijoatni yanada oshirish zarurligi oliygoh rektori tomonidan qayd etildi.

O'zbekiston taqdiriga o'z taqdirini tutash qilib, Farg'ona davlat universiteti sha'ni uchun munosib harakat qilayotgan, oliygohda o'z bilimi va intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o'rnak ko'rsatayotgan faol talabalarimiz kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovida g‘olib bo‘ldilar.

Mazkur Kengashda ushbu talaba-yoshlarning 10 nafari universitet rektori tabrigi va qutlovlariga sazovor bo'ldilar.

"Talaba-yoshlarimiz yutuqlari- bizning asl natijamizdir, ular kelajajakda shu oliygoh taqdirini hal qiluvchi kuch bo'ladi," -deya ta'kidladi rektor o'z tabrik so'zida.

Jamoadagi ilmiy yutuqlar va yuksak darajalarga erishgan professor-o’qituvchilar ham rektor tomonidan munosib taqdirlandilar.

Chuqur tanqidiy tahlil, to’g’ri xulosa va aniq reja-haqiqiy ish samaradorligini belgilab beradi. Shu bois, kun tartibidan o'rin olgan- universitet Kengashi tarkibiga o‘zgartirish kiritish, Yo‘riqnoma hujjatlar ijrosi, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dod qirralarini namoyon etishlariga sharoit yaratish borasidagi ishlar, oliygohda o‘qitishning kredit-modul tizimi joriy etilishi holati hamda ta’lim sifatini oshirishdagi asosiy vazifalar to‘g‘risidagi, shuningdek, turli tashkiliy masalalar tanqidiy-tahliliy ravishda muhokama etilib, atroflicha ko'rib chiqildi.