Oʼzbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavalludining 107 yilligi munosabati bilan Fargʼona davlat universiteti Аxborot-resurs markazi va Fargʼona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi bilan hamkorlikda adabiy koʼrgazma tashkil etildi.
Koʼrgazmada vafo va sadoqat timsoli, xalqimizning dilbar shoirasi Zulfiya Isroilovaning hayoti va ijodi, mehnat faoliyati aks ettirilgan eksponatlar, kitob va maqolalar namoyish etildi.
Muzey boʼlim mudiri Shoiraxon Аzizova shoira nomiga taalluqli har bir manba haqida batafsil soʼzlab berdi.
Shuningdek, koʼrgazmadan oʼrin olgan Zulfiyaxonim izdoshlari boʼlgan bir guruh qizlarning faoliyati va erishgan yutuqlari aks etgan burchak koʼpchilikning eʼtiborini tortdi.