Tantanali ravishda o'tgan ushbu tadbirni universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov ochib berar ekan, jamoadagi barcha xotin-qizlar, olimalar, ishchi xodimalarni go'zallik va nafosat ayyomi bilan samimiy muborakbod etdi.
Tadbir davomida jamoada jonkuyarligi bilan hurmat qozongan, talaba-yoshlarga ta'lim-tarbiya berishda fidoyilik ko'rsatayotgan bir guruh xotin-qizlar bayram sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Bayram tantanalari tabriklar va go'zal taronalar bilan davom etar ekan, oliygohning lobar va mehnatkash ayollari yana bir xushxabarni qarshi oldilar:
Farg'ona davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori, Gender tadqiqotlar markazi rahbari - Turg'unoy Egamberdiyeva – Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ta’sis etilgan “Mo’tabar ayol” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.
Shu munosabat bilan T.Egamberdiyevaga universitet rektorining tabrik sovg’lari topshirildi.
Shu kuni jamiyat va davlat hayotida, oliygoh taraqqiyotida tashabbuskorlik ko‘rsatayotgan xotin-qizlarimizga yuksak ehtirom ko’rsatildi.