Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

OLIYGOH, MAKTAB VA MAHALLA HAMKORLIGI

13:43, 11.03.2022      

Oltiariq tumani 16-sonli umumta’lim maktabida mart oyi “Geografiya va iqtisod fanlari oyligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan fan oyligi doirasida "Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol" nomli tadbir tashkilandi. Tadbirda Fargʻona davlat universiteti rahbariyati, professor-o’qituvchilar, tumandagi Fayzobod, Yangiturmush, Jarariq mahallalari faollari qatnashdilar.

Oliygoh vakillari va maktab jamoasi o’rtasida o’tkazilgan davra suhbatida mahalla va ta’lim dargohlari hamkorligi xususida so’z bordi. Shuningdek, madaniy dastur hamda diltortar kuy-qo’shiqlar orqali jamoaga bayramona kayfiyat ulashildi.