Oilalardagi muhitni sog’lomlashtirish, tinchlik va hotirjamlikni ta’minlashda, yoshlarimizning Vatanga muhabbat, keksa avlod kishilarini hurmat qilish, ezgulik va rahmdillik singari xalqimizning ko‘p asrlik an'analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalashda keksa-faxriy murabbiylarning o’rni beqiyosdir.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xotin-qizlarni e'zozlash haftaligi" chora-tadbiri ijrosi doirasida Tabiiy fanlar fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi M.Dehqonboyeva boshchiligidagi jamoa, ko’p yillar fakultetda ishlab, hozirda nafaqada bo’lgan bir qator faxriylar holidan habar oldilar.
Jumladan, fakultetning Fiziologiya kafedrasi faxriysi laborant Sayfuddinova Karima opa xonadonida bo'ldilar. Ustozni “8-Mart xalqaro xotin-qizlar bayrami” kuni bilan tabriklab, sovg’alar ulashdilar va maishiy muammolarini ham hal etishda amaliy ko`mak berdilar.