Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 340
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 256
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​ONA BORKI – OLAM MUNAVVAR

10:10, 14.03.2022      

Onalar – oilaning gavhari. Har bir oilaning mustahkamligi, tinchligi, hamjihatligida onalarning o’rni beqiyosdir. Farzandlarga hayot saboqlarini beruvchi, ularning kamoli uchun kechalarnibedor o’tkazgan, tugalmas mehr- muhabbat sohibasidir.

Onalar haqida so’z ketganda yosh-u qari, shoh-u gado birdek ta’zimda bo’ladi. Onalarni e’zozlash va ularga ehtirom ko’rsatish barchamizning farzandlik burchimizdir.

Onalarni madh etish maqsadida universitetning Filologiya fakulteti хotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi va tyutorlar hamkorligida 1-bosqich talabalari ishtirokida "Мen onam bilan faxrlanaman"loyihasi asosida chellendjo'tkazildi.

Bunda talaba-qizlar onalariga qo'ng'iroq qilib, o'z ehtiromlarini izhor qildilar. Shuningdek, ushbu loyiha doirasida aytilgan ayollarni madh etuvchi she'r va qo'shiqlar, "Jaydari kelin" spektaklidan lavhalar tomoshabinlarga zavq ulashdi.