Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

CHET TILLARI FAKULTETIDA "ZAKOVAT" O'YINLARI

19:01, 14.03.2022      

Maqsadlari bir bo’lgan yoshlar jamoasini bir stol atrofiga chorlovchi "ZAKOVAT" intellektual o'yinlari o’z faoliyatini davom ettirmoqda.

Talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida tashkillangan "ZAKOVAT" intellektual o'yinlar o'tkazish majmuasida, Chet tillari fakultetining "ZAKOVAT" klubi ishtirokchilari o'z bilimlarini sinovdan o'tkazdilar.

Bunda fakultetning kechki ta'lim shaklida ta'lim oluvchi talaba-yoshlar bilim va zakovat bobida kuch sinashdilar. Bellashuvda 7 ta jamoadan tashkil topgan talabalar faol qatnashib, berilgan savollarga teran yondoshib, o’zlarining salohiyatini namoyon etdilar. Qizg’in va murosasiz o’tgan o’yin yakunda "Mind" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.