Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 340
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 256
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​“AYOLGA EHTIROM”

14:58, 15.03.2022      


Yurtimizda ayollarga bo’lgan e’tibor yuksak darajaga ko’tarilganligi hech kimga sir emas. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xotin-qizlarni e'zozlash haftaligi" doirasida universitetning Uzumchilik, mevachilik va sabzavotchilik qo‘shma fakulteti hamda oliygohga yondosh bo‘lgan Oltiariq sanoat texnikumi hamkorligida "Ayollarga ehtirom" nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir fakultet va texnikumrahbariyati tomonidan ko‘tarinki ruhda tashkillandi. Ushbu tadbirda tumandagi turli sohalarda uzoq yillar faoliyat olib borgan faol ayollar hurmat va e’zozda kutib olindi.San’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, raqslar va turlichiqishlar tadbirga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi. Shuningdek, tadbir mehmonlariga fakultetning hunarmand talabasi D. Do‘smatovaning qo‘l mehnati bilan bajargan ishlari ko‘rgazmasi ham namoyish etildi.

Tadbir so‘ngida rahbariyat tomonidan muhtarama ayollarga esdalik sovg‘alar topshirildi.