Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 340
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 256
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​G’OLIBLAR MUNOSIB TAQDIRLANDILAR

14:23, 16.03.2022      

Farg‘ona viloyati hokimining 2021-yil 23-oktabrdagi 229-11-0-G‘/21- sonli farmoyishi asosida viloyat xalq ta'limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarining ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari o‘rtasida"Mahoratli notiq" ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Ushbu ko‘rik tanlovda Farg‘ona davlat universiteti filologiya fakultetining tilshunoslik hamdaadabiyotshunoslik kafedralarining professor-o‘qituvchilari hakamlar hay'ati a'zolari sifatida ishtirok etdilar. Shu bilan birga ushbu tanlovda universitetimizning magistratura bo‘limi Ta'lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta'lim) mutaxassisligida tahsil olayotgan magistranti Mavlonova Mamlakat Alijonovna ham qatnashib, viloyat hokimining “Yosh avlodni Ona vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni barkamol avlod etib voyaga yetkazishda samarali mehnatlari, shuningdek, “Mahoratli notiq” ko’rik tanlovining viloyat bosqichidagi faol ishtiroki uchun” faxriy yorlig‘i va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.