“Har bir millatning dunyoda borligini ko’rsatadurg’on oynai hayoti til va adabiyotidir” – deya ta’kidlagan A.Avloniy. Darhaqiqat, adabiyot – hayotning har jabhasini o’z ichiga qamrab olgan holda uning aksini insonlarga ko’rsatib beruvchi ulkan oynai jahondir.
Farg’ona davlat universitetining Axborot- resurs markazida o’tkazilgan tadbir mohiyati ham shunga qaratildi. Markazning xodimlari hamda Matematika-informatika fakulteti tyutori O.G’aniyevhamkorligida “Adabiyot - ma'naviy va ahloqiy qadriyatlarning ulkan ombori” mavzusida tadbir tashkillandi.
Tadbir davomida, N.Abbosova, Yu.Jo’rayeva, X.Raximova kabi bir qator xodimlari so’zga chiqib, talaba-yoshlarga badiiy adabiyotning inson tafakkurining yuksalishidagi qadr-qimmati, hayotda oq va qorani farqlashda kuchli iroda egasiga aylanishda uning ahamiyati haqidagi fikrlari bilan o’rtoqlashdilar.
Shuningdek tadbirda, ayni kunlarda kitobxonlar tomonidan sevib o’qilayotgan badiiy adabiyotlarning targ’iboti ham bo’lib o’tdi.